“Barselona” forvardi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 22-turidagi “Atletik” (5:2) bilan o‘yinda 2 ta golga assistentlik qildi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Shunday qilib, 27 yoshli futbolchi Primerodagi golli paslari sonini 105 taga yetkazib oldi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u Luish Figuga yetib oldi va endi bu ikki futbolchi so‘nggi 25 yil ichida golli pas berish bo‘yicha 1-o‘rinni bo‘lishib turishibdi. Xavida 95ta, Daniel Alveshda 92ta golli pas mavjud.
Messi bu o‘yinda jarima zarbasidan to‘p kiritdi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha so‘nggi 20 yil ichida Ispaniya chempionatida 4-o‘ringa chiqib oldi.
Eslatib o‘tamiz, Primeroning bu mavsumdagi 21 o‘yinida Messi 23 ta to‘p kiritdi va 13 golga assistentlik qildi.
Izoh (0)