2015-yilning 5-fevral kuni Jizzax shahar Tibbiyot birlashmasida “Aholi orasida guruhli tishlanish qayd etilganda sanitariya-targ‘ibot ishlarini tashkil etish” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. Bu haqda Jizzax shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, viloyat DSENM, shahar tibbiyot birlashmasi, shahar obodonlashtirish hamda veterinariya boshqarmalari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda tibbiyot xodimlari, tegishli xizmatlar hamda Jizzax shahridagi 21-maktab o‘quvchilari ishtirok etdi.
Dastlab aholi o‘rtasida itlar tomonidan guruhli tishlanish qayd etilganda axborot berish tartibi, tegishli xizmatlar bilan hamkorlikni tashkil etish bo‘yicha Jizzax shahar Tibbiyot birlashmasida shtab tashkil etildi.
O‘quv mashqi davomida ishchi-xodimlarning quturish kasalligi yuzaga kelishi bilan bog‘liq holatlarda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish bo‘yicha shartli ravishda tashkil etilgan “Aholi orasida guruhli tishlanish qayd etilganda sanitariya-targ‘ibot ishlarini tashkil etish” mavzusidagi obyekt o‘quv mashqi 2-bosqichda (nazariy va amaliy) o‘tkazildi.
O‘quv mashqi yakunida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bo‘yicha zarur tavsiyalar berib o‘tildi.
Izoh (0)