“Lokomotiv” hujumchisi Aleksandr Geynrix klubni tark etdi. Futbolchi endilikda faoliyatini Qozog‘istonning “Irtish” klubida davom ettiradi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Aleksandr Geynrix “Lokomotiv”ga avvalgi mavsum o‘rtasida kelgandi. U “temiryo‘lchilar” safida 11 o‘yinda maydonga tushib, 7 ta golga mualliflik qilib, jamoaning kumush medalini qo‘lga kiritishi va O‘zbekiston Kubogi g‘olibi bo‘lishida munosib hissa qo‘yshdi.
Izoh (0)