Saudiya Arabistoni nefti osiyolik xaridorlar uchun Yaqin Sharqning boshqa asosiy xomashyo yetkazib beruvchilari – Ummon va BAA neftidan deyarli 2,5 dollarga arzonlashadi, deb xabar bermoqda “Exo Moskvi”.
Ekspertlar Saudiya Arabistoni jahon bozorida o‘zining Osiyo−Tinch okeanidagi, asosan Xitoydagi ulushini saqlab qolmoqchiligini taxmin qilmoqda. Hozirda Xitoyga asosiy neft yetkazib beruvchi Rossiya hisoblanadi. “Rosneft” 2015-yilda Xitoyga neft yetkazib berish hajmini 30 million dollargacha yetkazish maqsadini e’lon qilgan.
Saudiya neftining arzonlashuvi bu borada keskin raqobatni yuzaga keltirishi mumkin. Biroq Saudiya Arabistoni shahzodasi Al Volid AQSh va Saudiya Arabistoni Moskvaga bosim o‘tkazish maqsadida neft narxini ataylab past darajada ushlab turishi haqidagi nazariyani o‘ylab topilgan, deb atagan.
Izoh (0)