Xitoylik cho‘pon Berek Savut og‘irligi 7,85 kg, narxi 255 ming dollarga teng sof oltinni topib oldi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru” “Sinxua” nashriga tayanib. Bu Sinszyan-Uyg‘ur avtonom tumanida sodir bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, sof holda topilgan oltin “to‘g‘ri ma’noda taqir yerda yotgan bo‘lgan”.
23 sm uzunlikka ega oltinning sofligi 80 foizni tashkil etadi, u ayni paytdagi oltin narxini hisobga olganda, 1,6 million Xitoy yuani (taxminan 255 ming dollar)ga teng.
Savut oltinni Altay prefekturasidan topdi, ushbu joyning nomi mo‘g‘ul tilidan “oltin” deb tarjima qilinadi.