Germaniyaning Siemens konserni xarajatlarni kamaytirish dasturi doirasida o‘z xodimlarining 2 foizini – 7,8 ming kishini ishdan bo‘shatdi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Xususan, Germaniyada 3 mingdan ortiq xodim bo‘shatilgan. Qisqartirish kompaniyaga 1 milliard yevrogacha tejash imkonini berishi kutilmoqda. Bu mablag‘ innovatsiyalar, ishlab chiqarish tashabbuslari va rivojlanishni tezlashtirish uchun sarflanadi.
Hisobotlarga ko‘ra, kompaniyaning 2014-yil oktabr−dekabr oylaridagi sof foydasi 2 foizga kamayib, 1,08 milliard yevroni tashkil etgan. Davom etayotgan operatsiyalardagi foyda esa 18 foizga kamayib, 1,11 milliard yevroni tashkil etgan.
Izoh (0)