Rossiya, Germaniya va Fransiya yetakchilari Vladimir Putin, Angela Merkel va Fransua Olland Moskvadagi muzokaralarni yakunladi, deb xabar bermoqda Meduza. Yopiq eshiklar ichidagi muzokaralar besh soatdan ko‘proq davom etgan.
Muzokaralardan keyin hech qanday rasmiy bayonot berilmagan. Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha qo‘shma hujjat imzolanishi ehtimolini muhokama qilgan.
Tomonlar muzokaralarni Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko ishtirokida “normandcha format”da 8-fevral, yakshanba kuni davom ettiradi.
Izoh (0)