2015-yil aprelida Panamada bo‘lib o‘tadigan Butunamerika sammitida AQSh prezidenti Barak Obama kubalik hamkasbi Raul Kastro bilan Kubada AQSh elchixonasi ochilishi imkoniyatini muhokama qilmoqchi, deb xabar bermoqda “Liga.net”.
Kuba rasmiylari esa Gavanada AQSh elchixonasini ochishga ruxsat berishga shoshilmayapti. Ular diplomatik munosabatlarni to‘liq yangilash uchun AQShdan Guantanamo harbiy bazasi joylashgan yerni qaytarishni talab qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2014-yil oxirida AQSh va Kuba 50 yillik uzilishdan keyin diplomatik munosabatlarni tiklashga kirishdi. O‘tgan yilning 17-dekabrida Barak Obama va Raul Kastro bir paytda qilingan telemurojaatda Vashington va Gavana o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar qayta tiklanishi mumkinligini ma’lum qildi.
Izoh (0)