Tennis bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Xitoyning Guanchjou shahrida davom etayotgan Fed Cup musobaqasining Osiyo — Okeaniya mintaqasi dastlabki saralashidagi ikkinchi uchrashuvini o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Olamsport.com”.
Ilk turda Gonkongni 3:0 hisobida mag‘lub etgan Dmitriy Tomashevich shogirdlari bu safar Janubiy Koreya terma jamoasiga imkoniyat (1:2)ni boy berdi.
Sabina Sharipova Na-Lae Xanga 1:6, 7:6(2), 2:6 hisobida yutqazdi. Nigina Abduraimova Su Jeong Jangni 6:4, 2:6, 6:4 hisobida yengib, muvozanatni tikladi. Biroq hal qiluvchi juftlik bahsida Nigina Abduraimova va Oqgul Omonmurodova tandemi Na-Lae Xan hamda Su Jeong Jangga 3:6, 2:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Izoh (0)