AQShning O‘zbekistondagi yangi elchisi Pamela Spratlen O‘zbekiston Markaziy Osiyoda xavfsizlikni mustahkamlash borasida O‘zbekiston uchun muhim sherik bo‘lib qolishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“O‘zbekiston mintaqada xavfsizlikni ta’minlashda, jumladan Afg‘onistondagi barqarorlikni mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekistonni Afg‘oniston bilan bog‘laydigan temir yo‘l, shuningdek o‘zbek elektr energiyasining afg‘on iste’molchilariga eksporti mintaqada xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha hamkorlikning muhim qismi hisoblanadi”, − dedi Spratlen.
Elchining so‘zlariga ko‘ra, uning O‘zbekistondagi ishi ustuvorliklari sirasiga siyosiy soha, iqtisodiyot va xavfsizlik kiradi. Uning qayd etishicha, 2014-yil dekabr oyida o‘tkazilgan TIVlar o‘rtasidagi maslahatlashuvlar va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokidagi biznes forum hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlab olish imkonini bergan.
Izoh (0)