Dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoq hisoblanuvchi Facebook o‘zining 11 yilligi munosabati bilan do‘stlar haqida qiziqarli statistikani taqdim etdi, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqdagi do‘stlar orasidagi umumiy masofa 73 trillion kilometrni tashkil etishi aniqlandi, bu Yer atrofini 1,8 million marta aylanishga, Yerdan Plutongacha masofaning 10 ming martasini tashkil etuvchi uzoqlikka teng.
Uzoqlik bo‘yicha rekord bir paytlar Angliyaning Nyukasl shahrida yashagan ikki do‘stga tegishli. Ulardan biri hozirda Yangi Zelandiyaning Uonganui shahrida, ikkinchisi Ispaniyaning Telavera de la Reyna maskanida yashaydi. Ikkinchi o‘rinda esa Vyetnamning Danang shahrida yashagan do‘stlar bormoqda. Ulardan biri 19994 kilometr uzoqlikdagi Peruga ko‘chib ketgan.
Shuningdek, orasini 10 ming kilometr ajratib turgan Facebook do‘stligi orqali bog‘langan shaharlar reytingi e’lon qildi. Ularning orasida Sidney−London, Grendeyl−Yerevan juftliklari bor. Ushbu ro‘yxatdagi eng ko‘p shaharlar AQSh, Hindiston va Kanadada joylashgan.
Izoh (0)