“Barselona” klubi homiysi hisoblanadigan Qatar Airways aviakompaniyasi bosh direktori Akbar Al Bakir kataloniyaliklar stadioni nomiga aviakompaniya qo‘shilishi mumkinligini aytib o‘tdi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
“Bizning kompaniyamiz uchun hamma narsaning imkoniyati bor va biz kutilmagan sovg‘alarga tayyormiz. Mana shunday sovg‘alardan biri ‘Kamp Nou’ bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Bu borada muzokaralar davom etmoqda. ‘Barselona’ va Qatar Airways bir xil qadriyatlarni tarannum etadi, — dedi Al Bakir.
Ispan nashrlari tomonidan xabar qilinishicha, “Barselona” klubi aviakompaniyadan yiliga 30 milliondan to 50 million yevroga qadar mablag‘ undirishni rejalashtirgan. Kelishuvga ko‘ra, “Barselona” klubi stadioni “Kamp Nou Qatar Airways” nomini olishi mumkin.