Ukraina 2015-yilda asosiy kreditori hisoblanmish Xalqaro valyuta fondiga joriy kurs bo‘yicha jami 1,4 milliard dollar miqdoridagi qarz to‘lovlarini amalga oshirishi kerak, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Tasdiqlangan jadvalga muvofiq, qo‘shimcha sarf-xarajatlarni hisobga olgan holda, XVFning joriy kursi bo‘yicha 235 million dollar miqdoridagi birinchi to‘lov 30-yanvar va 1-fevral kunlari amalga oshirilishi kerak edi.
176,5 million dollar miqdoridagi keyingi to‘lov 27-martda to‘lanishi rejalashtirilgan.
Bunday to‘lovlar yana uch marta – 26-iyun, 25-sentabr hamda 24-dekabrda amalga oshiriladi. Aprel va may oylaridagi umumiy to‘lov joriy kurs bo‘yicha jami 235 million dollarni, iyul va avgust oylarida esa 231 million dollarni, noyabrda esa 8,6 million dollarni tashkil etadi.
Avvalroq XVFning Ukraina uchun 17,1 milliard dollar miqdoridagi ikki yillik kredit dasturi ochganligi haqida ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)