Ucell mobil aloqa operatori abonentlariga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida xorijiy davlatlarning mobil aloqa kompaniyalari bilan faol hamkorlikni amalga oshirmoqda. Xorijlik sheriklar bilan hamkorlik yaqin va uzoq xorij mamlakatlarida bo‘lib turgan Ucell abonentlari uchun arzon va sifatli aloqani ta’minlash imkonini beradi.
Ucell mobil aloqa operatori Saudiya Arabistoni roumingi narxlarini Umra vaqtida sakkiz baravarga pasaytirmoqda. Maxsus aksiya fevral oyida Saudiya Arabistoniga safar qilishni rejalashtirgan O‘zbekiston fuqarolariga, shuningdek ushbu oyda Umra ziyoratini amalga oshiradigan fuqarolarga mo‘ljallangan.
Ucell Makka shahriga kichik haj − Umra ziyoratini amalga oshiradigan o‘zbekistonliklar yaqinlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turishlarini ta’minlash maqsadida maxsus aksiyani yo‘lga qo‘yadi. Avval Saudiya Arabistonidan dunyo mamlakatlariga chiqish qo‘ng‘irog‘ining bir daqiqasi 8,40 dollar turgan bo‘lsa, endi Mobily tarmog‘ida bunday qo‘ng‘iroqning bir daqiqasi atigi 1 dollarga teng bo‘ladi. Shuningdek, internet va SMS-xabarlar xizmatlaridan foydalanish uchun ham chegirmalar taklif qilingan.
“TeliaSonera global oilasining bir qismi hisoblangan Ucell kompaniyasi o‘z foydalanuvchilarining ko‘p tomonlama manfaatlarini hisobga oladi. Avvalroq shunday taklif muqaddas haj ziyoratini amalga oshiruvchilar uchun taqdim etilgandi. Umra ziyoratini amalga oshiruvchi mijozlarning alohida yondashuv strategiyasiga amal qilgan holda narxlar 8 martagacha tushirildi! Umid qilamizki, xorijda bo‘lib turgan vaqtda uy bilan doimiy aloqada va yaqinlari bilan doimiy muloqotda bo‘lish imkoniyati ularning yaqinligi va qo‘llab-quvvatlashini his qilish imkonini beradi”, − dedi Ucell kompaniyasining Biznesni ilgari surish departamenti direktori Alisher Hamidov.
Aksiya davrida kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning bir daqiqasi va 1 Mb internet 1 dollar, SMS xabarlar esa 0,10 dollarni tashkil etadi. Maxsus rouming xizmatidan foydalanish uchun abonentlar Saudiya Arabistoniga yetib borishlari bilan mahalliy Mobily operatori tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tishlari lozim. Ucell aksiyasi 28-fevralgacha davom etadi.
Reklama huquqlari asosida.
Izoh (0)