Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga Rossiya hududida “Narkotiklar va ichkilikbozlikka qarshi kurash bo‘yicha 2014-yilning eng yaxshi odami” mukofoti topshirildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Checheniston Respublikasi − spirtli ichimliklar sotilishiga 21 yoshgacha ruxsat etilmaydigan kam sonli mintaqalardan. Moskvada biz spirtli ichkilik sotib olishga ruxsat yoshini oshirish g‘oyasini anchadan beri ilgari suryapmiz. Biroq hamma deputatlar ham buning tarafdori emas. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov esa bizni qo‘llab-quvvatlayotganini his qilyapmiz”, − dedi Moskva narkologiya ilmiy-amaliy markazi direktori Yevgeniy Bryun.
Qayd etilishicha, ushbu mukofot Rossiya narkologiya ligasi prezidiumi va Rossiya narkologlar assotsiatsiyasi tomonidan topshiriladi.
Izoh (0)