Toshkent shahrining Qatortol ko‘chasida orqaga harakatlanayotgan Spark avtomobili piyodani urib yubordi, deb xabar bermoqda “Bibi.uz”.
“Mover.uz” saytiga joylashtirilgan videoyozuv boshqa avtomobilning videoregistratori yordamida yozib olingan. Qayd etilishicha, voqea Qatortol ko‘chasidagi “Sport mahsulotlari” do‘koni oldida sodir bo‘lgan. “Mover.uz” foydalanuvchilari Spark haydovchisini e’tiborsizlik uchun tanqid ostiga olgan.
Videoregistrator lavhani 2015-yil 2-fevral kuni 11:00 dan keyin yozib olgani ko‘rsatilgan. Videoda Spark orqaga harakatlanayotib, orqada turgan kishini urib yuborgani va haydovchi tushib uning holidan xabar olgani ko‘rinib turadi. Jabrlanuvchining hozirgi ahvoli haqida ma’lumot yo‘q.