Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida o‘zlarining yangi tug‘ilgan farzandlarini Toyota Camry avtomobiliga almashtirishga uringan er-xotin qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda “NewTimes.kz”.
Ayolning yoshi 25 da, erkak esa 29 yoshdaligi aniqlangan. Ularning ikkalasi ham O‘zbekistonda tug‘ilgan. 3,8 kilogram og‘irlikdagi sog‘lom o‘g‘il bola 27-yanvar kuni tug‘ilgan. 29-yanvar kuni bola evaziga olingan avtomobil uchun ishonch guvohnomasi notarius orqali rasmiylashtirilgach, er-xotin qo‘lga olingan.Hozirda chaqaloq shifoxonada saqlanmoqda. Qo‘lga olinganlar esa vaqtinchalik saqlash izolyatoriga olib borilgan. Politsiyaning aniqlik kiritishicha, ayol ishsiz bo‘lgan, erkak esa Ostonadagi korxonalardan birida ishlagan. Ushbu holat yuzasidan “Voyaga yetmaganlarni sotish” bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)