KXDR rahbari Kim Chen In Koreya xalq armiyasining harbiy havo kuchlari va harbiy dengiz kuchlari qismlari manyovrlariga boshchilik qildi, deb xabar bermoqda “Kommersant.ru”.
Mashg‘ulotlar davomida KXDR rahbari mamlakatning “har qanday urushga, jumladan, yadroviy urushga ham tayyor” ekanligini ma’lum qildi.
Xabarlarga ko‘ra, o‘quv mashqlari davomida KXA operatsion yo‘nalishida biror kema paydo bo‘lib qolishi holatiga ham e’tibor qaratildi. Xususan, bunday vaqtda raqibga HHK va HDK vositalari, shu jumladan, suvosti kemalari bilan kutilmagan zarba berish mashqlari bajarildi.
KXDR rahbari so‘zlariga ko‘ra, Koreya dengiz qirg‘oqlariga AQShning harbiy kema yuborishi ehtimoli juda yuqori.