Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida yashovchi 28 yoshli kishi yo‘ldan mashina to‘xtatib, Toshkentga borishga qaror qildi, deb yozadi “Na postu” gazetasi.
Uning oldiga kelib to‘xtagan Nexia haydovchisi aytilgan narxni savdolashib o‘tirmay rozi bo‘ldi. Yo‘lda haydovchi yoqilg‘i quyish zarurligini aytib, bunga ko‘p vaqt ketmasligini, yo‘lovchi narsalarini salonda qoldirib, chetroqda kutib turishi mumkinligini ma’lum qiladi.
U mashinadan tushishi bilan haydovchi avtomobilni haydab qochadi, unda yo‘lovchining ichida 1,5 million so‘m puli bo‘lgan sumkasi qoladi. Jabrlanuvchi shu zahoti ichki ishlar oganlariga murojaat qildi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tez orada jinoyatchini qo‘lga oldi. 1988-yilda tug‘ilgan Andijon viloyatida yashovchi kishi darhol o‘z aybiga iqror bo‘ldi. Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)