Belarusning Mogilevskaya viloyati Bobruysk shahri fuqarosi o‘zini do‘kon ichida portlatib yubordi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” respublika Tergov qo‘mitasiga tayanib.
Hodisa 1-fevral, yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan 21:00 da sodir bo‘lgan.
Ayni paytda voqea joyida ichki ishlar organlari xodimlari, tergovchilar, sud ekspertizasi mutaxassislari va FVV tekshiruv ishlarini olib bormoqda.
Tergov qo‘mitasining aniqlik kiritishicha, dastlabki versiyaga ko‘ra, marhum erkak o‘z-o‘zini portlatgan. Boshqa hech kimga zarar yetmagan.