“Ukraina atamanlari” jamoasining o‘zbekistonlik legioneri Xurshid Normatov Butunjahon boks seriyasining beshinchi mavsumida “Xitoy ajdarholari” jamoasiga qarshi musobaqada tomoshabinlarning xursandchiligiga sabab bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
https://www.youtube.com/watch?v=oALvl13mB7Y
75 kilogrammlik vazn toifasida Jiabin Xuang ustidan nokaut bilan g‘alabaga erishgach, Xurshid ringda gopak raqsiga o‘ynadi.
Qayd etilishicha, “Ukraina atamanlari” og‘ir kechgan bellashuvda “Xitoy ajdarholari” jamoasi ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozongan.
Izoh (0)