“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionatining 20-turida “Kordoba”ga qarshi uchrashuvdagi qilig‘i uchun jamoadoshlaridan uzr so‘radi. Bu haqda “Stadion.uz” “Eurosport.ru”ga tayanib, xabar bermoqda.
Portugaliyalik futbolchi raqib himoyachisi Edimarni urgani uchun maydondan chetlatilgan edi. Bu ishi uchun ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.
Ronaldu barcha jamoadoshlarini to‘plab, ulardan uzr so‘radi va bu kabi ish boshqa qaytarilmasligiga va’da berdi.
Qayd etilishicha, futbolchi bu hodisa shaxsiy hayotidagi jiddiy vaziyat sababli ro‘y berganligini tushuntirgan.
Izoh (0)