Portugaliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Luish Figu FIFA prezidentligi uchun rasman nomzod etib ko‘rsatildi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
Portugaliyalik saylovlarda ishtirok etish uchun qo‘yilgan minimal talabni bajardi. U oltita federatsiyaning qo‘llab-quvvatlashi haqidagi kafolotini olgan. Mazkur talabga ko‘ra, nomzodni kamida beshta federatsiya qo‘llashi lozim.
Saylovda, shuningdek, Zepp Blatter, Jerom Shampan, Ali Bin Al Hussayn, David Jinola va Mixael van Praag ishtirok etadi.
Izoh (0)