AQShning Tennessi shtatida yashovchi Eleji Berrou Gambiyada davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinishda ayblandi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Ham AQSh, ham Gambiya fuqaroligiga ega bo‘lgan 41 yoshli erkak do‘st davlatga qarshi fitna uyushtirishda, shuningdek zo‘ravonlik harakatlarini sodir etish uchun o‘qotar qurolni egallab olishda ayblangan. U Minnesota shtatidagi Minneapolis shahri sudi oldida javob beradi. Avvalroq, AQSh fuqaroligiga ega yana ikki gambiyalik – 57 yoshli Cherno Njiye va 46 yoshli Papa Falauga ham xuddi shu ayblovlar qo‘yilgan.
Qayd etilishicha, 2014-yil 30-dekabr kuni Gambiya prezidenti Yayya Jammiyega yaqin kuchlar mamlakatda davlat to‘ntarishiga urinishni to‘xtatib qolgan.