Qozog‘istonning Ostona shahrida tennis bo‘yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir bo‘lib o‘tmoqda. Sovrin jamg‘armasi 15 ming AQSh dollaridan iborat bo‘lgan musobaqada O‘zbekistonning ikki vakili ham ishtirok etyapti, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
Sanjar Fayziyev chorak final chiptasi uchun kechgan uchrashuvda ukrainalik tennischi Maksim Ratnyukni 6:2, 6:1 hisobida taslim etdi. Endi u chorak final bahsida belaruslik Ilya Ivashka bilan hisob-kitob qiladi.
Ostona turnirida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shonig‘mat Shofayziyev esa turnirning to‘rtinchi raketkasi rossiyalik Denis Matsukevichga 3:6, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.