FIFA prezidenti Yozef Blatter Avstraliya jahon chempionatini qabul qilishga haqli ekanini ta’kidlab o‘tdi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
“Avstraliya jahon chempionatini qabul qilmagan yagona qit’a bo‘lib qolmoqda. Bu sport tarixidagi alamli holatdir. Chunki bu qadar boy sport tarixi bilan ko‘p davlat ham maqtana olmaydi.
Biz shuni ishonch bilan ayta olamizki, Avstraliya qachondir jahon chempionatini qabul qilishga qodir”, — dedi Blatter.
Izoh (0)