29-yanvar kuni Belarus yo‘llarining Mogilev-Gomel yo‘nalishida ro‘y bergan avtohalokat ishtirokchisi bo‘lgan mashinaning 5 yo‘lovchisidan 3 nafari halok bo‘gan va yana ikki nafari og‘ir jarohat tufayli kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda Belarus nazorat qo‘mitasi ma’lumotiga asoslanib, “12news.uz” ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Kun.uz”.
Xabarda ma’lum qilinishicha, halokatga uchragan Chevrolet rusumidagi mashina salonida bo‘lganlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari ekani aniqlangan. Voqea ushbu mashinaning Opel Vivar rusumidagi boshqa mashina bilan to‘qnashib ketishi orqali yuz bergan, lekin ikkinchi mashinada bo‘lgan yolg‘iz haydovchi sog‘ qolgan.
Guvohlarning ma’lum qilishicha, to‘qnashuvdan keyin ag‘darilib ketgan Chevrolet yona boshlagan, lekin atrofdagilar bu o‘tni o‘chirishgan.Ayni vaqtda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)