Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2014-yil insoniyatga ko‘plab qiziqarli kashfiyotlarni taqdim etdi: nimalardir bizda yaxshi taassurot qoldirdi, ba’zi ixtirolarga esa befarq qaradik. “Dekatop.com” sayti 2014-yilda qilingan eng zo‘r kashfiyotlar o‘nligini taqdim etdi.

10. Banan ko‘rmay qolishning oldini oladi

Foto: dekatop.com

Foto: dekatop.com

Banan tarkibidagi A vitamini ko‘rmay qolishning oldini olishi aniqlandi. Ugandalik bolalarning har kunlik ovqatlanish ratsionida bananning borligi sezilarli natijani ko‘rsatgan.

9. Selfi tayog‘i

Foto: dekatop.com

Foto: dekatop.com

Endilikda boshqalarning yordamida yaxshi suratga tushish ancha osonlashdi. Selfi tayog‘i chiqishi bilan xaridlar xitiga aylangani bejizga emas.

8. Aqlli uzuk

Foto: dekatop.com

Foto: dekatop.com

Ushbu ixtiro o‘zini smartfondan ayro tasavvur qila olmaydiganlar uchun ancha qo‘l keldi. Smartfon sumkada yoki cho‘ntakda bo‘lganda ham aqlli uzuk orqali bildirishnomalardan xabardor bo‘lib turish mumkin.

7. Ovozli buragich

Foto: dekatop.com

Foto: dekatop.com

Olimlar istalgan infraqizil uskunani ovoz yordamida boshqarish imkonini beruvchi ajoyib qurilmani ixtiro qilishdi.

6. Batareya quvvati hech qachon tugamaydigan smartfon

Foto: dekatop.com

Foto: dekatop.com

Viro smartfoni bir kunda ikki marta zaryadlantiriladigan smartfonlar sohiblari tanalarining tuzilishi haqidagi latifalarga chek qo‘ydi. Quvvati tugamaydigan smartfon ishlab chiqaruvchilar buni qanday uddalashganini ma’lum qilmagan, bu o‘zini o‘zi tiklaydigan energiya manbalari va energiya tejovchi texnologiyalar bilan bog‘liqligi taxmin qilinmoqda.

5. Ekzoskelet

Foto: dekatop.com

Foto: dekatop.com

Kaliforniyalik olimlar tananing pastki qismi ishlamay qolgan bemorlar uchun ekzoskelet ixtiro qildi. Bungacha ekzoskeletlardan shifoxonalardan insult bilan og‘rigan bemorlarni harakatlantirish uchun shifokorlar yordamida foydalanilgan bo‘lsa, yangi ixtirodan uyda mustaqil ravishda foydalanish mumkin. Qurilma mijozning harakatiga qarab o‘zgarib turadi.

4. Nanodvigatel

Foto: dekatop.com

Foto: dekatop.com

Texas universiteti tadqiqotchilar eng kichik, shu bilan birga eng tez harakatlanuvchi nanochipni ixtiro qildi. Ularning hajmi taxminan tirik organizmlar hujayralarigateng bo‘lib, ulardan masalan saraton kasalliklarini davolashda foydalanish mumkin.

3. Foldscope karton mikroskopi

Foto: dekatop.com

Foto: dekatop.com

Stepford universitetida esa kartondan suratni 2000 martagacha yaqinlashtira oladigan mikroskop ixtiro qilishdi. Bunda rasm aniqligi karton tarangligi evaziga yuqori darajasini saqlab qoladi. Eng qiziqarlisi esa, ushbu mikroskop yig‘iladigan materiallar 1 dollardan ham arzonroqqa tushadi.

2. Termoyadro reaktori

Foto: dekatop.com

Foto: dekatop.com

Termoyadro sintezi asosida ishlaydigan reaktor energiyadan foydalanishni butunlay o‘zgartirib yuborishi kutilmoqda.

1. Aqlli kosmik kema

Foto: dekatop.com

Foto: dekatop.com

Hindistonda 74 million dollar evaziga qurilgan “Mangalyan” sayyoralararo kosmik kemasi Rossiya, AQSh va Yevropa davlatlari apparatlaridan farqli ravishda Mars orbitasiga kirishni birinchi urinishidayoq uddaladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi
Mahalliy
O‘zbekistonda noyabr oyida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
“Mehnati ko‘p bo‘lsa-da, maoshi kam, olgan puli halol bo‘lsin”. Jamoatchilik elektr montyorlarni olqishlamoqda