Xitoy hukumati Alibaba Group Holding Ltd. kompaniyasini soxta mahsulotlar sotishda va poraxo‘rlikda aybladi, deb xabar bermoqda “Kun.uz” The Wall Street Journal gazetasiga tayanib.
Hukumat vakillarining so‘zlariga qaraganda, Alibaba rahbariyati Taobao savdo maydonchasida soxta sigaretlar, alkogol ichimliklar va qimmatbaho sumkalar sotilishiga “ko‘z yumgan”. Shuningdek, Alibaba servislarida qurol-yarog‘ sotilgani kuzatilgan.
Ma’lumot uchun, Alibaba tashkilotiga Xitoydagi eng yirik onlayn-magazin tegishli bo‘lib, uning xizmatlaridan har kuni 100 million odam foydalanadi.
Izoh (0)