Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ayrim tadbirkorlarning noqonuniy daromad orttirishni maqsad qilib, jinoyat ko‘chasiga kirib qolayotganliklari achinarli hol, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Arxiv. Foto: uz24.uz

Arxiv. Foto: uz24.uz

Toshkentdagi “Noto‘qima teks” MChJ rahbari  o‘z boshqaruvidagi MChJga xomashyo olish uchun o‘tgan yilning mart oyida “Toshkent tola” MChJdan 52 tonnadan ortiq paxta tolasi xarid qilib, uni “Standartteks” MChJga qayta ishlab, ip yigirish uchun olib boradi. Albatta, ushbu jarayonda uning sa’y-harakatlari xayrli edi. Chunki, “Standartteks” MChJ paxta tolasini ip qilib berishi, u esa bularni o‘zining korxonasida ishlab chiqarishga sarflash uchun olib ketishi kerak edi.

Biroq, ushbu harakatlarni bir qo‘ng‘iroq umuman salbiy tomonga o‘zgartirib yubordi. Ya’ni qo‘ng‘iroq egasi “Noto‘qima teks” MChJ rahbariga 10 tonna kalava ip kerakligini aytib, puli ham naqd ekanligini qistirib o‘tadi. O‘zaro kelishuvga ko‘ra, 10 tonna kalava ip 21 ming 500 dollarga baholanadi.

Pulning daragini eshitgach, u darhol “Standartteks” MChJ bilan bog‘lanib, tayyor bo‘lgan 10 tonna kalava ipni olib ketishini aytadi. Kelishilgan kun u mahsulotni mashinaga yuklab, o‘sha qo‘ng‘iroq egasini kutadi. Xaridor ham zudlik bilan aytilgan joyga yetib kelib, pulni topshirayotgan vaqtda SVOJJDLQK departamentining Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlandi. Shu tariqa noqonuniy savdoga chek qo‘yildi.

Sud hukmi bilan “Noto‘qima teks” MChJ rahbari bir yil muddatga rahbarlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilinib, eng kam oylik ish haqining uch yuz baravari miqdorida jarima to‘laydigan bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)