Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Qrim yarimorolining Rossiyaga qo‘shib olinishi uchun javobgarlik mamlakatdagi barcha siyosiy kuchlar bo‘ynida ekanligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Meduza.
“Hozirgi vaziyat nafaqat tashqi shoklar deb nomalanayotgan qator iqtisodiy omillar, balki biz siz bilan birgalikda ishlagan ba’zi siyosiy qarorlar bilan bog‘liq, ular uchun birdam siyosiy javobgarlik bizning bo‘ynimizda”, − dedi Medvedev.
Ushbu bayonotni Rossiya bosh vaziri o‘z boshqaruvidagi “Yedinaya Rossiya” partiyasi vakillari bilan uchrashuvda bergan. Uchrashuvda Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘yilgan va neft narxi pasaygan vaziyatda iqtisodiyotga yordam beruvchi hukumatning inqirozga qarshi rejasi muhokama qilingan.
Izoh (0)