Yangi tashkil qilinayogan Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida Germaniya, Rossiya, Janubiy Koreya kabi qator davlatlardan taklif etilgan yetakchi shifokorlar faoliyat olib boradi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi, senator Mirabror Usmanov ma’lum qildi.
Uning aytishicha, poytaxtimiz markazida qad rostlayotgan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining yangi binosida Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi ham faoliyat olib boradi.
“Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha terma jamoa a’zolari ana shu markazda tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar. Markazda nafaqat mamlakatimiz balki Germaniya, Rossiya, Janubiy Koreya kabi qator davlatlardan taklif etilgan yetakchi shifokorlar faoliyat olib boradilar. Bu yerda eng so‘nggi tibbiy uskunalar o‘rnatiladi. E’tiborlisi, bunday jihozlarga ega tibbiy markaz dunyoning sanoqli davlatlaridagina mavjud. Bu ham o‘z navbatida davlatimiz va hukumatimiz rahbariyati tomonidan jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga qay darajada ahamiyat qaratilayotganligidan dalolat beradi”, – dedi M. Usmanov.
Izoh (0)