Toshkent metropoliteni vakillari Yunusobod yo‘lini uzaytirish bo‘yicha qurilish ishlari 2015-yilga rejalashtirilmaganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”.
Shuningdek, metropoliten rahbariyatining “Uz24.uz” rahbariyatiga yozgan javob maktubida aytilishicha, hozirda yo‘lkirani elektron usulda to‘lash tizimini joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Yangi tizim ishga tushirilishi bilan OAVga xabar berilishi qayd etilgan.
Avvalroq, Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘lini uzaytirish ishlari boshlanishi xabar berilgan edi.
Izoh (0)