AQShning Kolorado shtati Denver shahri politsiyasi xodimlari 16 yoshli qizni otib o‘ldirdi. Hukumat marhum qizning ismini oshkor qilmadi, ammo uning yaqinlari qizning ismi Jessika Ernandes ekanligini aytdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.

Foto: Fotolia

Foto: Fotolia

Voqea 26-yanvar, dushanba kuni sodir bo‘ldi. Mahalliy hokimiyat organlari bayonotida ta’kidlanishicha, o‘g‘irlanganligi aniqlangan mashinaga ikki politsiya xodimi yaqinlashmoqchi bo‘lganida, to‘satdan mashina ular tomonga yura boshlagan va natijada politsiya xodimlaridan biri jarohat olgan.

Bunga javoban, o‘smir qiz o‘tirgan mashina o‘qqa tutilgan. Guvohlar ko‘rsatmalariga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari mashinadan qizni chiqarib olgan va qo‘llariga kishan solgan, shundan so‘nggina ular qizning o‘lganligini tushungan.