2015-yilning 24-yanvar kuni Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi Hay’atining 2014-yilda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qo‘mitaning axborot xizmati xabar bermoqda.
Yig‘ilishda Qo‘mitaning rahbar va mas’ul xodimlari, hududiy boshqarma boshliqlari, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya sohasida faoliyat yurituvchi aksiyadorlik kompaniyalari, korxonalar va tashkilotlar va ularning hududiy rahbarlari ishtirok etdi. Shuningdek, sohaning hududiy tashkilotlari xodimlari yig‘ilishni videokonferensiya shaklida kuzatib bordi.
Hay’at yig‘ilishida ta’kidlanganidek, 2014-yilda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya tizimida faoliyat yuritayotgan korxonalar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 24,5 foizga, jumladan, aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 25,4 foizga o‘sgan, shuningdek, komyuter dasturlari bilan bog‘liq xizmatlar 21,6 foiz oshgan.
Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarga asosan korxonalarning o‘z mablag‘lari hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobiga o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan mablag‘lar rejasi 100,7 foizga bajarildi.
Izoh (0)