Yaqin orada “Namangan” aeroportida to‘liq rekonstruksiyadan keyin yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi ishga tushiriladi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining o‘tgan yildagi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda “Podrobno.uz”.
Aniqlik kiritilishicha, yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi barcha turdagi samolyotlarni cheklovlarsiz qabul qilish imkonini beradi.
Izoh (0)