Buxorodagi “Maxsusavtoxo‘jalik” korxonasida maishiy chiqindilarni qayta ishlash zavodi ishga tushiriladi. Bu haqda kompaniya direktori Said Kenjayev ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Vostochniy ekspress”.
“Biz chiqindini qayta ishlash va saralash zavodini olib kelmoqchimiz va maishiy chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha ishlar aniq belgilab qo‘yilgan rivojlangan davlatlar tajribasini joriy qilmoqchimiz. Dastlab chiqindilarni saralash stansiyasini quramiz. Ispaniya, Rossiya va Xitoy mutaxassislari o‘z texnologiyalarini taqdim etgan”, − dedi Kenjayev.
Korxona rahbarining so‘zlariga ko‘ra, shuningdek biogaz ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi ham rejalashtirilgan. Viloyat matbuoti ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur korxona har kuni Buxoro shahridan 350 ming metr/kub chiqindi olib chiqadi. Buning uchun GPS tizimi o‘rnatilgan 19 ta maxsus avtomashina jalb qilingan.
Izoh (0)