Buxoro viloyatida oila boshlig‘i bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa olishni boshlash uchun mahalla fuqarolar yig‘ini raisiga murojaat qildi, deb xabar bermoqda “Na postu” gazetasi.
Mahalla raisi hujjatlar bilan birga pul ham kerak bo‘lishini aytib uni qaytardi. Erkak qarindoshlaridan 70 ming so‘m yig‘ib, oqsoqolga hujjatlar bilan birga topshirdi va o‘zi xorijga ketdi.Biroz muddat o‘tgach uning xotini ishlar qanday ketayotganini bilish maqsadida mahalla qo‘mitasiga keldi. Rais esa bu oy uchun kichik limit berilganini aytib, keyingi oyda kelishini aytdi. Ayol ketayotib eri bergan 70 ming so‘mni eslatdi. Oqsoqol esa bu kamligini, yana kamida 100 ming so‘m zarurligini aytdi.
Bu gapni eshitgan ayol qaynonasi bilan maslahatlashishga qaror qildi. Keyin esa qo‘ng‘iroq qilgan eri bilan maslahatlashgan holda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qildi. Poraxo‘r pora olish vaqtida qo‘lga olindi.
Izoh (0)