68 yoshli milliarder Donald Trampning bergan bayonotiga ko‘ra, u prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini qo‘ymoqchi, deb xabar bermoqda “Kun.uz”.
“Men bu mamlakatni yana buyuklikka ko‘tarishi mumkin bo‘lgan yagona odamman”, − dedi u The Independent gazetasiga bergan intervyusida.
Bundan tashqari, Tramp prezident bo‘lgan taqdirda ko‘p ish joylari yaratishini, IShID va terrorchilarni yo‘q qilishini, mamlakatning janubiy sarhadlarida tartib o‘rnatishini, Eronda va butun dunyoda yadro quroli tarqalishining oldini olishini ta’kidlab o‘tgan.
Ayni paytda AQShda 2016-yili bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida nomzod sifatida respublikachilardan Mitt Romni yoki sobiq prezident Jorj Bushning akasi Jeb Bushni, demokratlardan esa Bill Klintonning turmush o‘rtog‘i, sobiq davlat kotibi va senator Xillari Klinton ko‘rsatilishi kutilmoqda.
Izoh (0)