2015-yilning 24-yanvar kuni Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi Hay’atining 2014-yilda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qo‘mitaning axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, “UZ” hududidagi domenlar soni ayni kunda 19 mingdan oshgan bo‘lib, oldingi yilning shu davriga nisbatan o‘sish 111 foizni tashkil qiladi.
Ta’kidlanganidek, 2014-yilda milliy veb-saytlarga tashrif buyurishlar soni 86,5 million marotaba qayd etilgan va bu 2013 yilga nisbatan 2 marotaba ko‘p. Mazkur ko‘rsatkichlar milliy internet hududining jadal rivojlanayotganidan darak beradi. Ammo Hay’at majlisida bu natijalarning qoniqarli emasligi, mazkur yo‘nalishda zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish kerakligi ta’kidlandi.
Izoh (0)