Samarqand shahri ma’muriyati shahar aholisini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”.
“Uz24.Uz” tahririyati elektr toki o‘chirilishi muammosi aks etgan rasmiy xat bilan shahar rahbariyatiga murojaat qilgan. Doimiyga aylanib qolgan ushbu amaliyot aholida amaldorlarga nisbatan ko‘plab shikoyatlar tug‘dirmoqda. Shuningdek, shaharliklar gaz ta’minotida ham muammolar borligini qayd etgan, ba’zi uylarda esa gaz umuman yo‘qligi aytilgan.
Hokimiyat Samarqand kengayayotgani va aholi soni oshayotgani sababli elektr energiyasi tanqisligi bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘layotganini tan olgan. Taqqoslash uchun, 1990-yilda Samarqand aholisi 325 750 kishini tashkil etgan bo‘lsa, hozirda 219 ta mahallada 509 mingga yaqin kishi yashaydi.
Hozirda Pastdarg‘om tumani hududida 100 Megavatt/soat quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasini qurish ishlari davom etmoqda.
Izoh (0)