Qashqadaryo viloyati byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Chiroqchi tuman bo‘limi pensiya va nafaqa tayinlash guruhi inspektori bir fuqarodan pul ta’ma qilishda ayblandi, deb xabar beradi “Kun.uz” “Huquq” gazetasiga tayanib.
Qayd etilishicha, fuqaro 2-guruh nogironi bo‘lgan akasining nogironlik nafaqasini oshirish va 2-guruhdan 1-guruhga o‘tkazish uchun inspektordan maslahat so‘ragan. Inspektor undan 200 AQSh dollari miqdorida pora so‘ragan. Shunda fuqaro huquq-tartibot idoralariga murojaat etishga majbur bo‘lgan. Natijada inspektor pora olish chog‘ida qo‘lga tushirilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudi inspektorni 2 yil muddatga moddiy javobgarlik va mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilib, unga ish haqining 20 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda 2 yil 6 oy muddatga axloq tuzatish ishi jazosini tayinladi.
Izoh (0)