Dizayni iPhone’ga o‘xshash gadjetlar chqaruvchi va o‘z mahsulotlarini ilgari surishning agressiv siyosatini olib boruvchi “Xitoych Apple” deb nom olgan Xiaomi kompaniyasi o‘zining 5,7 dyuymli Mi Note smartfoniga bag‘ishlangan reklama roligini chiqardi, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
Rolikda xitoyliklar o‘z smartfonlarini iPhone 6 Plus bilan taqqoslagan. Xiaomi reklamachilari amerikaliklarning smartfonlarida asosiy kamera korpusdan chiqib turishiga e’tibor qaratgan, Xitoy smartfonida esa bu kamchilik yo‘q.
Ushbu muammoni yechishga oq xalatlardagi “olimlar” kirishadi. Ular stol ustidagi iPhone 6 Plus’ni tova bilan bir necha marta urib, u Xiaomi Mi Note smartfoniga aylanib qolganiga guvoh bo‘lishadi. Apparatning orqa qismini diqqat bilan o‘rganib, u ancha tekis bo‘lganini qayd etishadi.
Izoh (0)