Saudiya Arabistonida 1000 darra urish jazosiga mahkum qilingan bloger Raif Badaviyning holatini o‘rgangan tibbiy komissiyasi rasmiylarga uni kaltaklamay turishni tavsiya qildi, deb xabar bermoqda Associated Press.
Avvalroq Saudiya Arabistoni qiroli apparati Badaviyning ishini Oliy sudga qayta ko‘rin chiqish uchun yo‘naltirgan edi. 16-yanvar kuni hukmni ijro etish blogerning sog‘lig‘idagi qoniqarsiz holat tufayli qoldirilgan.
Badaviy 9-yanvar kuni 50 darra urilgan. 1000 darraga yetkazish uchun uni har hafta bir martadan urib turish belgilangan. Bundan tashqari qamoq jazosi va bir million rial (223 ming dollar) miqdorida jarima ham belgilangan.
Izoh (0)