2014-yilda Rossiyada fuqarolik aviatsiyasi havo kemalari ekipaji a’zolari orasida parvoz oldidan spirtli ichimliklar yoki psixoaktiv moddalar iste’mol qilish holatlari 22 marta qayd etildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Bu 2013-yilgi ko‘rsatkichdan ikki baravar ko‘pligi ma’lum qilingan. Antistatsitikaga 8 mast uchuvchi bilan “YuTeyr” , 3 mast uchuvchisi bor S7 Airlines va bir nafardan bunday holat qayd etilgan “Severniy veter”, “Vim-Avia” va “Taymir” aviakompaniyalari uchuvchilari kiritilgan.
Mast holda qo‘lga tushganlarning katta qismi bortda xizmat ko‘rsatuvchilar bo‘lgan. Havo kemasi komandirlari va ikkinchi uchuvchilar bunday holda juda kam uchratilgan.
Izoh (0)