Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-20 terma jamoasi yangi yildagi ilk o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish uchun Turkiyaning Istanbul shahriga jo‘nab ketgandi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
O‘zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi futbolchilari ana shu yig‘ini davomida Ukraina U-21 termasi bilan birinchi nazorat bahsini olib bordi va 1:1 hisobida jangovar durangga imzo chekdi. Aytish kerakki, O‘zbekiston U-20 termasi Yangi Zelandiyada o‘tkaziladigan yoshlar o‘rtasidashi Jahon chempionati — 2015ga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Izoh (0)