15-iyundagi qo‘shma deklaratsiyani amalga oshirish bo‘yicha Butunkoreys qo‘mitasining Shimoliy Koreyadagi vakili barcha vatandoshlarni Koreya yarimorolining Shimoli va Janubini birlashtirish yo‘llari bo‘yicha KXDRning murojaatini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Qo‘mita vakilining qayd etishicha, barcha koreyslar, jumladan, ishbilarmonlar, siyosatchilar, madaniyat arboblari va ruhoniylar agar haqiqatan ham milliy tinchlikka va bir necha o‘nyillik tarqoqlikdan keyin mustaqil ravishda birlashishiga erishishni istasa ushbu murojaatni qo‘llab-quvvatlashi lozim.
Shimoliy Koreya vakili Koreya ozod qilinishining 70 yilligini nishonlash uchun ulkan festival uyushtirishni taklif qilib, Shimolda va Janubda mafkuraviy, siyosiy va diniy qarashlardan holi bo‘lgan vatanparvarlik shiorlari bilan vatanni birlashtirish bo‘yicha mitinglar o‘tkazishga chaqirgan.
Izoh (0)