“Real” futbolchisi Krishtianu Ronaldu Madridda boshpanasiz kishi kiyimida paydo bo‘lib, ko‘chadagi bolani hayratda qoldirdi, deb xabar bermoqda Bleacher Report.
Portugaliyalik futbolchi qopsimon sport kostyumi va parik kiygan, shuningdek mo‘ylov yopishtirib olgan. Bolani uchratgach, Ronaldu bu narsalarni olib tashlab, oddiy ko‘rinishga o‘tgan. Keyin esa uni quchoqlab, dastxati tushirilgan to‘p sovg‘a qilgan.
SportsJoe portalining qayd etishicha, parik kiygan va mo‘ylovli Ronaldu amerikalik aktyor Jorj Kluni ishtirokidagi Lin Kessedining “Tentak agent” komediyasi personajiga o‘xshab qolgan.
Izoh (0)