Buyuk Britaniyada er-xotinlar ajralish holatlarining uchdan bir qismida Facebook ijtimoiy tarmog‘idan iqtibos keltirilmoqda. Bu haqda The Daily Mirror gazetasiga asoslanib “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
Yangi tadqiqot natijalariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqdan olinayotgan ma’lumotlar er-xotinlarning o‘zini noto‘g‘ri tutishi haqidagi dalillar sifatida tobora ko‘proq foydalanilmoqda. Facebook “o‘zi istamagan holda” juftlarning xiyonati, yangi munosabatlari haqida ma’lumotlarni taqdim etmoqda.
Huquqshunoslar ham ijtimoiy tarmoqdagi post va suratlar tegishli faol havola ko‘rsatilgan holda sudda dalil sifatida ko‘rsatilishi mumkinligini qayd etgan. Fotosurat va izohlar odamlarning munosabatlari, shuningdek o‘zlari tasvirlagan turmush tarziga to‘g‘ri kelmaydigan hayot kechirishini ko‘rsatish uchun ham ishlatilishi mumkin.
Izoh (0)