Sobiq Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi binosi Toshkent mexanika zavodi nomi ostida qaytadan faoliyat boshlaydi. Bu haqda Toshkent Iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshlig‘i Saidali Nasretdinovga asoslangan “Podrobno.uz”ga tayanib, “Kun.uz” xabar bermoqda.
Nasretdinovning ma’lum qilishicha, hozirda bu hududni ulkan hajmda maishiy texnika buyumlari ishlab chiqariladigan zavodga aylantirish bo‘yicha loyiha ishlab chiqilmoqda. Shu bilan birgalikda, zavodning samolyot uchun qismlar ishlab chiqarish qobiliyati ham saqlab qolinishi ko‘zda tutilgan.
“Hozirning o‘zida zavodda qishloq xo‘jaligida ishlatiluvchi turli xil uskunalar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan”, — dedi Nasretdinov.
Izoh (0)